«bekmurod abdullayev» tegli maqolalar


IIV rahbari o‘rinbosari qoidabuzar haydovchilarga ball berish tizimi nega 3 yil ilgari joriy qilinmaganiga izoh berdi
21 fevral 2022, 16:53

IIV rahbari o‘rinbosari qoidabuzar haydovchilarga ball berish tizimi nega 3 yil ilgari joriy qilinmaganiga izoh berdi

12 oy davomida haydovchining qoidabuzarligi uchun hisoblangan jarima ballari 12 balldan oshsa, uni haydovchilik huquqidan bir yilga mahrum etish rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng, haydovchi qayta imtihon topshirib, guvohnomani olishi mumkin bo‘ladi. Aslida, mazkur tartib 2018 yildayoq ishlab chiqilgan, biroq joriy etilmagandi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev «U paytda biz hali bunga tayyor bo‘lmagandirmiz, vaqti endi kelgandir», deb izoh berdi.

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin
21 fevral 2022, 12:58 2

Ichki ishlar xodimlarini videoga olib, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanishi mumkin

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni videoga olgandan so‘ng, uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini ma’lum qildi. IIV rahbari matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov bu borada hujjat hali ishlab chiqilmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «to‘liq taqiq bo‘lmasa-da, qandaydir chegaralar qo‘yiladi». Bunga deputat Rasul Kusherbayev e’tiroz bildirdi.

«Shaxsiy transportdan ko‘ra jamoat transporti afzalligini ta’minlashimiz kerak» — Transport vazirligi
19 fevral 2022, 23:48

«Shaxsiy transportdan ko‘ra jamoat transporti afzalligini ta’minlashimiz kerak» — Transport vazirligi

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov O‘zbekiston shaharlaridagi tirbandliklar muammosini faqatgina yo‘llarni kengaytirish va yangi yo‘l o‘tkazgichlarini qurish bilan hal etib bo‘lmayotganini aytdi. «Shaxsiy transportdan ko‘ra jamoat transporti afzalligini ta’minlashimiz kerak», — dedi u. Poytaxt ko‘chalarida piyodalar va velosiped yo‘laklarini ajratib turuvchi texnik to‘siqlar, xavfsizlik orolchalari, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida svetofor boshqaruvi joriy etiladi.

O‘zbekiston Vision Zero elementlarini hayotga tadbiq qilmoqchi
19 fevral 2022, 14:33

O‘zbekiston Vision Zero elementlarini hayotga tadbiq qilmoqchi

O‘zbekiston harakat xavfsizligini ta’minlash uchun 10 dan ortiq xorijiy davlat tajribasi, jumladan, Vision Zero strategiyasini hayotga tadbiq etmoqchi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba Farg‘ona viloyatida yaxshi natija bergan. Endilikda piyodalarga yo‘llarni kesib o‘tish uchun sharoit yaratish bilan birga qoida buzganlarini jazolash ham ko‘zda tutilmoqda. UNICEF hamkorligida esa bolalar uchun video va kitob shaklida qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.

IIV rahbari o‘rinbosari YHX muammolarini ko‘rsatgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi
13 fevral 2022, 12:24

IIV rahbari o‘rinbosari YHX muammolarini ko‘rsatgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev «Ichki ishlar vazirligi xodimlariga yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi barcha muammolarning sabablarini tushuntirib bergani va ularning oldini olish choralarini o‘zi belgilab bergani» uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi.

«Endi puli yoki tanishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi, bundan boshqasiga rozi emasmiz» — vazir o‘rinbosari
3 fevral 2022, 18:05

«Endi puli yoki tanishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi, bundan boshqasiga rozi emasmiz» — vazir o‘rinbosari

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar inson omilidan holi, avtomatlashtirilgan tarzda o‘tkazilishi jarayondagi korrupsion holatlarga chek qo‘yadi. «Imtihondan pul, tanish-bilish orqali bilan o‘tishning imkoni bo‘lmagach, hamma o‘z-o‘zidan o‘qishga majbur bo‘ladi, mas’uliyatsiz avtomaktablar esa yoki ishini yig‘ishtiradi, yoki sifatli ta’lim berishni boshlaydi», — dedi vazir o‘rinbosari.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting